13:01 20.10.2025
132

Ona tilim faxrim

Tadbirning badiiy qismida ijod maktabi o‘quvchilari va Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari ijrosida kuy-qo’shiq va she’rlar ijro etildi.

Ona tilining jozibasini ko‘rsatuvchi lapar va aytishuvlar davraga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Tadbir so‘nggida “Ustozga ehtirom” oyligi hamda “O‘zbek tili bayrami” ga bag‘ishlab o‘tkazilgan insho, hikoya, maktub, she’r yo‘nalishlaridagi ijodiy tanlov g‘oliblari maktab ma’muriyati tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy tadbirning faol ishtirokchilari ham hamkor tashkilotlar tomonidan taqdirlandi. Mazkur tadbir viloyat ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritildi.