O‘G‘LONLAR ASRAYDI ASLI VATANNI






O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi hamda “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Temuriylar maktabi o‘quvchilari bilan hamkorlikda “O‘g‘lonlar asraydi asli Vatanni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda o‘quvchi yoshlar harbiy Vatanparvarlikka oid chiqishlarini namoyish etishdi. Tadbir yakunida ushbu muhim sana munosabati o‘tkazilgan sport musobaqasi hamda “Askar akamga maktub” ijodiy tanlovi g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.