Ochiq dars onat tili







Joriy yilning 13-fevral sanasida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Abdurashidova Iroda tomonidan 7-sinf o’quvchilari uchun «Alisher Navoiy hikmatlari» mavzusida ochiq dars tashkil qilindi.
Darsda «Suratlar so‘zlaganda», «Hikmatlar sharhi», «Kelajakda men» metodlaridan foydalanildi. O’quvchilarni qiziqtirish maqsadida Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy faoliyatiga doir qiziqarli lavhalar namoyish etildi.
Dars mashg‘uloti barchaga manzur bo‘ldi.