Ochiq dars Oʻzbekiston tarixi





Joriy yilning 29-fevral sanasida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining tarix fani o’qituvchisi Farruh Pardaboyev tomonidan 9-sinflar ishtirokida «Jadidchilik va ularning namoyandalari» mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Ochiq darsda «Aqliy hujum» , » Tanqidiy fikrlash», «Hamkorlikda izlanish», «Tarixiy progressiya» metod va oʻyinlari qo’llanildi.
Dars mavzusi hozirgi jamiyat bilan integratsiya qilindi.
Darsda o’quvchilar oʻz mustaqil fikrlarini bayon etishdi, dars munozaralarga boy va qiziqarli tarzda bo’lib o’tdi.
Turma – yugur, tinma – tirish, bukilma – yuksal,
Hurkma – kirish, qo‘rqma – yopish, yo‘rilma – qo‘zg‘al!
Abdurauf Fitrat