07:09 20.11.2024
260

Oʻquvchi almashishdasturi Ogahiy ijod maktabi

Joriy yilning 19-noyabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabiga «O’quvchilar almashish dasturi» ijrosi doirasida Jizzax viloyatidan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o’quvchilari yetib keldilar.
➡️ Mehmonlar Muhammad Rizo Erniyozbek o’g’li Ogahiy tomonidan o’z qo’li bilan ekilgan tut daraxtini tomosha qildilar, ulug’ shoir, tarjimon, muarrix va davlat arbobi uy-muzeyiga tashrif buyurib, Ogahiy yashab ijod etgan xonadonni ziyorat qildilar.

🔹Tarixiy buyumlar va milliy liboslar, asori-atiqalarni tomosha qilish barobarida, bobomizning shaxsiy hayotiga doir ma’lumotlar bilan ham tanishishdi. Uy-muzeyga sayohat qiziqarli va taassurotlarga to’la bo’ldi.