10:46 03.02.2024
105

“Oʻquv samaradorligini oshirishda oʻquv motivatsiyasining ahamiyati” mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi.

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida pedagoglar uchun moʻljallangan “Oʻquv samaradorligini oshirishda oʻquv motivatsiyasining ahamiyati” mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi.

❇️ Trening maktab oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari A.Ataboyev va maktab psixologi N.Nabiyevalar tomonidan tashkil qilindi.
📎Treningda motivatsiya va motiv haqida, idrok etishning kanallari va ularning dominantalarini aniqlash yuzasidan tushunchalar berildi.
📎 Qatnashuvchilar “Oʻqituvchi“ va “Oʻquvchi“ guruhlariga ajratilib, turli vaziyatlarga munosabat bildirishdi.
📎Bular oʻz navbatida oʻquvchi ichki olamini yaxshiroq tushunishga yordam berdi.
Turli keyslar ustida qilingan bahs-munozaralar seminar mavzusini atroflicha ochib berishga zamin yaratdi.