#Nazm_gulshani to`garagidan…4

Orzular yurtini orzu qilgan qiz
Orzular yurtini orzu qilgan qiz ,
Orziyingiz yolqin, mohitobmisiz.
Bilgan dillarim negadir nursiz,
Sizning qalbingizga havaslar qildim ,
Orzular og’ushin otashin bildim.
Sizning chehrangizda quyoshlar kulsa,
Oppoq gilamlarda ko’klam yasharsin.
Men ham bo’lgim kelar ko’kdagi yulduz,
Nurli qasringizga havaslar qildim,
Orzular og’ushin otashin bildim
Qalbingiz misoli musaffo anhor,
Samo gavharidan menda tomchi bor.
Hech dilga bermayin zarracha ozor,
Sizning qalbingizga havaslar qildim,
Orzular og’ushin otashin bildim.
She’rlarim osmondir, lekin kim uchun?
O’zimdan axtararman iroda kuchin,
Iqbol manzillarin sog’inib kutdim,
Sizning qalbingizga havaslar qildim ,
Orzular og’ushin otashin bildim.
✍️Suyunova Zulayho, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi 9-sinf o’quvchisi