09:56 13.01.2023
179

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek (1905-1968) – shoir, yozuvchi, adabiyotshunos olim, jamoat arbobi, O‘zSSR FA akademigi (1943), xalq yozuvchisi (1965).

🔸Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek (1905-1968) – shoir, yozuvchi, adabiyotshunos olim, jamoat arbobi, O‘zSSR FA akademigi (1943), xalq yozuvchisi (1965).

📝Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek 1905 yilning 10 yanvarida Toshkent shahrida tavallud topgan. 1930 yil O‘rta Osiyo davlat universitetini tamomlab, oliy maktablarda siyosiy iqtisoddan dars berdi.

📚Oybek adabiyotga 1926 yili chop etilgan «Tuyg‘ular» she’riy to‘plami bilan kirib kelgan. Shoirning «Dilbar – davr qizi» (1931), «O‘ch» (1932), «Baxtigul va Sog‘indiq» (1933), «Temirchi Jo‘ra» (1933) dostonlari o‘z davrining she’riy solnomalaridir.

📖O‘zbek xalqining 1916 yilgi milliy-ozodlik qo‘zg‘olini yozuvchining «Qutlug‘ qon» (1940) romanida ifodalangan bo‘lsa, «Navoiy» (1944) romanida o‘zbek adabiyotida birinchi bo‘lib, ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy obrazini yaratdi.

🎖Oybek 1968 yil 1iyulda 63 yoshida vafot etgan. «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan (2001).

Ma’lumot «Turkiston kutubxonasi»dan olindi.