Musiqa va ijod uyg’unligi



20-dekabr kuni Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida
Jizzax shahar 2-son Yangi O’zbekiston madaniyat markazi qoshida tashkil etilgan «Boburxon» xalq milliy cholg’ular havaskorlik jamoasi hamda ijod maktabida tashkil etilgan to’garaklarning HISOBOT KONSERTI boʻlib oʻtdi.
Unda milliy cholg’ular jo’rligidagi chiqishlar, to’garak a’zolarining badiiy, musiqiy chiqishlari yig’ilganlarga birdek manzur bo’ldi.