Moziyga_nazar



Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchilar hamda tarbiyachilari «Vatanga sadoqat-oliy maqsadim» shiori ostida «Qatag‘on qurbonlari» muzeyiga sayohat uyushtirishdi. Bundan ko‘zlangan maqsad – o‘quvchilarda Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kuchaytirishdan iboratdir. Bundan tashqari o‘quvchilar sayohat davomida tarixiy obidalar, xalqimiz tarixi hamda muzey haqida ma’lumotlarni olishdi.