12:43 15.04.2023
134

Milliy o‘yinlar

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi 🏢Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida «O‘zbek xalqining yo‘qolib borayotgan milliy o‘yinlari» shiori ostida tabiat qo‘ynida o‘quvchilari o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi. Bu musobaqada:

🔰- »Oq terakmi, ko‘k terak»;
🔰- «Kim oladi-yo shuginani-yo»;
🔰- «Olmani olma»;
🔰- laparlar va askiya aytish kabi shartlar asosida bellashishdi.

🔄Bundan tashqari Navoiy viloyati Xatirchi tumanining ijodkor oʻquvchilari maktabimiz mehmoni boʻldi. Mehmon hamda mezbon o‘quvchilar o‘rtasida bahribayt bo‘lib o‘tdi.