08:21 18.03.2024
165

“Men o’zimga ishonaman” mavzusida motivatsion trening tashkil qilindi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining barcha o’quvchilari uchun “Men o’zimga ishonaman” mavzusida motivatsion trening tashkil qilindi.

Maqsad: O’quvchilarni chorak yakuni sinovlari oldidan emotsional qo’llab-quvvatlash, o’quv motivatsiyasini oshirish edi.

❇️ Trening maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari A. Ataboyev va maktab psixologi N. Nabiyevalar tomonidan tashkil qilindi.
📎Treningda motivatsiya va motiv haqida, idrok etishning kanallari va ularning dominantalarini aniqlash yuzasidan tushunchalar berildi.
📎 Qatnashuvchilar guruhlariga ajratilib, turli vaziyatlarga munosabat bildirishdi.
📎 Ertakterapiya, turli enerjayzerlar, xotira va diqqatni kuchaytiruvchi mashqlar bajarildi.

Treningdan ko’zlangan maqsadga erishildi. O’quvchilarning hissiy holati yaxshilandi, ruhiy zo’riqishning oldi olindi.