Maktab_stipendiyasi_sovrindorlari_aniqlandi



Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktab xodimlari #stipendiyasining saralash bosqichlari o‘z yakuniga yetdi.
O‘quvchining darslarga qatnashish davomati, ijtimoiy faolligi, ingliz tilidan matnda tushirib qoldirilgan so‘zlarni topishi, o‘qilishi rejalashtirilgan badiiy asarlardan savollarga javoblari, matematika fanidan berilgan amallarni bajarishi, monitoring ko‘rsatgichi, ijodiy ishlari, ota-onasi yoki boshqa yaqinining darslardagi ishtiroki va tarix fanidan testlar bo‘yicha o‘quvchilarimizni bilimlari tekshirildi. Natijalar quyidagicha:
1-o‘rin Asrorqulova Nigora 80 ball;
2-o‘rin Jamolova Gulyora 78.2 ball;
3-o‘rin Saydullayeva Gulsevar 76.3 ball;
4-o‘rin Umaraliyeva Mashhura 75 ballarni qo‘lga kiritdi.
Stipendiyantlarning ota-onalariga stipendiya pul mukofoti hamda maktab rahbariyatining tashakkurnomalari yuborildi.