10:21 16.01.2025

Maktab haqida

Prezidentimiz Mirziyoyev Shavkat Miromonovich 2017-yilning 27-aprelida Jizzax viloyatiga tashrifi chogʻida adabiyotimizning ulkan namoyandalari Hamid Olimjon va Zulfiyaning adabiy merosini keng targʻib qilish, sheʼrlariga jo boʻlgan ezgu tushunchalar mohiyatini yosh avlodga yetkazish lozimligini alohida taʼkidladilar.

Ijod maktabimiz Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 418-sonli, Jizzax viloyati hokimining 2017-yil 15-avgustdagi 462-sonli, Jizzax shahar hokimining 2017-yil 18-avgustdagi 1497-sonli qarorlari asosida tashkil etilgan.

Ijod maktabining maqsadi: oʻquvchi-yoshlar orasidan badiiy adabiyot va boshqa ijod sohalariga qiziqadigan, iqtidorlilarini saralash, ulardagi isteʼdodni yanada rivojlantirish uchun tegishli sharoit yaratish

Hozirgi kunga kelib, 11 nafar oʻquvchilarimizning 14 ta she’riy kitoblari, 5 ta o‘quvchilar bayozi va 1 ta ilmiy maqolalar to‘plami, “Ijod bog‘idan guldasta” kitobining 3 ta to‘plami nashr ettirilgan, 2 nafar oʻquvchilarimizning esa yangi kitoblari nashr ettirilishi uchun masʼul tashkilotlarga taqdim etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi “Joriy yil bitiruvchilarining ta’lim muassasalari reytingi” statistik ma’lumotlariga ko‘ra:
imtihon test sinovlarida ishtirok etgan joriy yilgi bitiruvchilarning to‘plagan o‘rtacha bali bo‘yicha Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi bitiruvchilari Jizzax viloyatida 166.9 ball bilan birinchi Respublika miqyosida esa 2-o‘rinni egalladi