Mahorat darsi




Joriy yilning 22-fevral kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Unutilgan gul”, “Yurakdagi rangin kamalak”, “Dilxiroj”, “Ko‘nglim guli”, “Yoshlik bekati” kabi she’riy to‘plamlari muallifi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Humoyun Akbarov bilan “Poetik ko‘chimlar” mavzusida “Mahorat darsi” tashkil etildi.
Mazkur “Mahorat darsi”ga ijodkor o‘quvchi yoshlar qamrab olindi. Shuningdek, maktabda faoliyat yuritayotgan “Ijod gulshani” to‘garagi a’zolari o‘zlarining she’riy chiqishlarini namoyish qilishdi. O‘quvchi yoshlar “Poetik ko‘chimlar” mavzusiga doir savollariga shoiradan atroflicha javob olishdi.