06:18 17.05.2025
185

“Learning English is fun!”

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi hamda Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari bilan ingliz tilida qiziqarli va interaktiv o‘yin o‘tkazildi. Undagi shartlar o‘quvchilarning fikrlash, eslab qolish va tezkor javob berish qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

Hot Seat –  o‘quvchilar bir-birlariga so‘zlarni tushuntirish orqali inglizcha so‘z boyligini mustahkamlash:

Two Truths and a Lie – rost va yolg‘on gaplarni ajratish orqali muloqot va diqqatni rivojlantirish:

Alphabet Challenge – harflar bo‘yicha so‘z topish esa ularning tez fikrlash qobiliyatini oshirish:

O‘yin davomida oʻquvchilar faollik, kulgu va jamoaviylikni his qilishdi.