08:27 30.01.2024
99

Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish

2023-yilning 3-iyulida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug’i ijrosini ta’minlash, shuningdek, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarga korrupsion holatlarni oldini olish bo’yicha bilim, ko’nikmalar berildi.

“Korrupsiyaga qarshi kurash–zamon talabi” mavzusida Jizzax shahar Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazining bosh yuristkonsuli Abdulaziz Rahmatov ma’ruza qildi va mavzu bo’yicha ijod maktabi xodimlarining savollariga javob berdi.