KITOBXONLAR SAFI KENGAYMOQDA…
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Xalqaro bolalar kitobi kuni” munosabati bilan, maktab kutubxonasida “Eng yaxshi kitobxon” ma’naviy- ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.

Maktab rahbariyati, o’qituvchilar va kutubxonachi tomonidan o‘quvchilarga kitobning paydo bo‘lishi, dunyo kutubxonalari haqida statistik ma’lumot, kitob mutolaa qilishning inson organizmiga foydalari va eng yaxshi kitobxon o‘quvchilar haqida o‘z fikrlarini aytib o‘tdi. Bir so‘z bilan “Inson qancha bilimli bo‘lsa, shuncha kamtar bo‘lishini” ta’kidlab o‘tildi.
Ijod maktab kutubxonasidan ko‘p foydalangan va faol kitobxonlar reytingi aniqlandi.
Faol kitobxon pedagoglar:
1-o‘rin Elmurodova Guljahon -ingliz tili fani o‘qituvchisi
2-o‘rin Ma’murov Akbar – ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi
3-o‘rin Ochilov Erkin -ona tili va adabiyot tili fani o‘qituvchisi
Faol kitobxon o‘quvchilar:
1-o‘rin Qayumov Hojiakbar -9-sinf o’quvchisi
2-o‘rin Yo‘ldosheva Nilufar -10-sinf o’quvchisi
3-o‘rin Qosimova Ozoda – 7-sinf o’quvchisi
Ushbu o‘quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan kitob sovg’alari bilan rag’batlantirildi.