11:19 19.11.2022
110

Kitob karvoni loyihasi

Bugun Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari Ma’naviyat festivali doirasida tashkil etilgan “Kitob karvoni” loyihasida ishtirok etishdi. Loyihada Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Xolbo‘tayev Nodirjon Jonuzoqovich (Nodir Jonuzoq), Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azim, Respublika Ma’naviyat-ma’rifat markazi targ‘ibotchisi, taniqli olima, falsafa fanlari doktori, xalqaro toifadagi spiker Jamila Shermuhammedova, shoira, “Do‘stlik” ordeni sohibasi Zulfiya Mo‘minova va boshqa taniqli ijodkorlar o‘quvchi yoshlarimiz bilan uchrashdi. Ijodiy uchrashuvlar keying kunlarda ham davom etadi…