Kitob-aql chirog’i









18-sentyabr kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi kutubxonasida 7-sinf o’quvchilari bilan birgalikda davra suhbati o’tkazildi. Ushbu davra suhbatida o’quvchilarga ijod maktabining kutubxona fondi, mavjud badiiy va ilmiy adabiyotlar,
kitoblardan foydalanish qoidalari to’g’risida ma’lumotlar berildi. Shuning bilan birgalikda o’quvchilarda kitobxonlikka qiziqish uyg’otish maqsadida qiziqarli va mushohadaga undovchi viktorinalar o’tkazildi.