10:41 03.03.2026
6

KELAJAK SOATI

2-mart kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida yuqori sinf o‘quvchilari uchun “Muqaddas ayol” mavzusida “Kelajak soati” o‘tkazildi. Ushbu dars Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i v.v.b Sh.Damanova tomonidan tashkil etildi.

Dars davomida jamiyatimizda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, imtiyoz va imkoniyatlar haqida ma’ruza qilinar ekan, o‘quvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.