06:30 08.09.2025
122

Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi hovlisida “OPENING DAY” tadbiri katta ko‘tarinkilik bilan nishonlandi.

Tantanali marosimda Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i S. Suyarova, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi direktori D. Xamdamova, Jizzax shahridagi Prezident maktabi direktori A. G‘aybullayev, markaz tinglovchilari hamda ko‘plab mehmonlar ishtirok etdilar.

🎤 Tadbir davomida S. Suyarova va markaz direktori I. Axmedov ta’lim tizimidagi yangilanishlar va istiqbollar haqida so‘z yuritib, ishtirokchilarga ruhiy ko‘tarinkilik bag‘ishladilar.

✨ Bolalarning ijodiy chiqishlari, tinglovchilar bilan birgalikda o‘tkazilgan interaktiv o‘yinlar, shuningdek, harbiy orkestr ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar tadbirga bayramona ruh baxsh etdi.

📜 Tadbir so‘nggida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi direktori D. Xamdamovaning hamkorligi uchun maktab jamoasi Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.