Jaranglasin “So‘nggi qo‘ng‘iroq”!






24-may kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Ilm-eng buyuk sharaf” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri o‘tkazildi. Dastlab 2024-2025-o‘quv yili bitiruvchilari davraga taklif etilib, O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ijro etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bitiruvchi yoshlarga bayram tabrigini Jizzax viloyat hokimi o‘rinbosari Gulnora Normurodova o‘qib eshittirib, bitiruvchi yoshlarga oq yo‘l tiladi.
Shuningdek, yurtimizda ta’lim sifatini oshirish, namunali xulqi, ish faoliyati bilan ko‘pchilikka ibrat bo‘lgan ustozlar, ularning shogirdlari va ota-onalar viloyat hokimligi hamda ijod maktabi ma’muriyati tomonidan munosib taqdirlandi.