15:17 22.04.2026
128

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqasida g‘oliblar aniqlandi!

Shiddatli raqobat ostida o‘tgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

1-o‘rin: Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi
2-o‘rin: Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
3-o‘rin: Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi jamoasi

Mazkur jamoalarning har bir a’zosiga “Zakovat” klubi tomonidan qimmatbaho noutbuklar sovg‘a qilindi!

Endilikda ushbu jamoalar a’zolari oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.

Shuningdek, ularning har biriga bir o‘quv yili davomida har oy “Zakovat” stipendiyasi to‘lab boriladi!