info@ijodmaktab.uz +998 72 226 10 12

IT-parkga sayohat

13:04 17.09.2021

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi o’quvchilarini zamonaviy axborot texnologiyalari bilan tanishtirish, o’quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, yangi startap loyihalar haqida zarur maslahatlar olish maqsadida IT Parkning Jizzax filialiga sayohat tashkil etildi.
O’quvchilar IT Parkda kompyuter savodxonligi, dasturlash, Web-dizayn, robototexnika, kibersport turlari, IT-ingliz tili kabi bir qator to’garaklar bilan yaqindan tinishdilar. Tashrif davomida o’quvchilar o‘zlari qiziqqan savollarga malakali mutaxassislar tomonidan yetarlicha javob oldilar. Ushbu sayohat o‘quvchilarimizda juda katta taassurot va faxr tuyg‘usini uyg‘otdi.
Mazmunli sayohat uchun IT Parkning Jizzax filiali rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi ma’muriyati