13:23 14.12.2021
278

Maktabimizda IQ test…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5188-son qarori bilan tasdiqlangan Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 14-bandida ijod maktablariga iqtidorli o‘quvchilarni qabul qilishda o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi darajasini aniqlash uchun IQ testlari o‘tkazilishi belgilangan edi.
Ushbu belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Jizzax viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda joriy yilning 11-dekabr kuni soat 10-00 da ijod maktablarining 7-sinf o‘quvchilaridan intellektual qobiliyati darajasi (IQ) ni aniqlash maqsadida test sinovlari o‘tkazildi.