#imtihon_2023

❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
😀 Ijod maktablarining 1-bosqich imtihonlari uchun ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi.
⬇️Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”ga o’z ID raqamini kiritishi kerak.
📝Talabgor uchun eslatma:
🪪 shaxsni tasdiqlovchi hujjat – tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomaning asl nusxasi.
✅ http://ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomani olib kelishi talab etiladi.
⏳Imtihonga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan bir soat oldin kelish shart.
❌ Quyidagi hollarda talabgor imtihonga kiritilmaydi:
➖tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma va http://ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomasiz kelgan talabgor imtihonga kiritilmaydi.
➖imtihon boshlanishi belgilangan vaqtdan kechikib kelgan talabgorlar imtihonga kiritilmaydi.
📶 Eslatib o’tamiz:
✏️Ijod maktablariga imtihonlar uch bosqichda o‘tkaziladi.
1⃣ birinchi bosqich – ijodiy matn yaratish uchun 60 daqiqa;
2⃣ ikkinchi bosqich – ijodiy suhbat uchun 10 daqiqagacha;
3⃣ uchinchi bosqich – test sinovlari uchun 85 daqiqa vaqt beriladi.