Ilk qaldirg’ochlarimiz
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining ilk bitiruvchilariga ijod maktabini tamomlaganligi uchun attestat topshirish marosimi bo`lib o`tdi. Marosimda maktabning o`qituvchilari, bitiruvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etishdi. 2020-2021 o`quv mavsumida 11-sinfni tamomlagan 4 nafar bitiruvchilarga kumush medallari topshirildi.



