19:38 03.03.2023
83

Ikki_buyuk_siymo

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida bugun buyuk siymolarimiz Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan #Ikki_buyuk_siymo shiori ostida oʻtkazilgan turkum tadbirlar yakuniga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

⚡️Tadbirda o‘quvchilar tomonidan buyuk shoir A.Navoiy hamda Z.M.Boburning hayoti va ijodi, g‘azal, ruboiylari, «Sab’ayi sayyor», «Farhod va Shirin», «Yulduzli tunlar» asarlari yuzasidan sahna ko‘rinishlari va raqslar guldastasi ijro etildi.