Ikki buyuk siymo




Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining milliy va umuminsoniy mohiyatini anglash, ilmiy va ijodiy merosini yanada chuqurroq o‘rganish va targ‘ib etish maqsadida ijod maktabi o‘quvchilari o‘rtasida “Ikki buyuk siymo” shiori ostida «Navoiy va Bobur asarlari bilimdoni» nomli onlayn test o‘tkazildi. G‘oliblar haftalik yakunida o‘tkaziladigan tantanali kechada taqdirlanadi.