08:34 10.02.2025
228

“Ikki buyuk siymo” mavzusidagi Mahorat darslari

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Ikki buyuk siymo” nomli Mahorat darslari tashkil etildi.

Sinf rahbarlari tomonidan o‘tilgan darslarda buyuklarimizning yoshlarga ibrat bo‘luvchi jihatlari, ularning adabiy merosi tadqimotlar orqali tushuntirildi. O‘quvchilar tomonidan tashkil etilgan “Navoiyxonlik”, “Boburxonlik” mushoirasi barchada katta taassurot qoldirdi.