Ijodiy_kecha









Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida adabiy-ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Respublikamizning taniqli ijodkorlari: akademik, notiq, suxandon, ijod maktablari uchun yaratilgan Matnshunoslik alifbosi darsligi muallifi Rahimboy Jumaniyozov hamda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, «Shuhrat» medali sohibasi shoira Farog‘at Xudayqulovalar va Jizzax musiqali drama teatri aktyorlari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar: Abduraim Lapasov, Jo‘ra Isroilov hamda Raisa Abdullayevalar «Ma’naviyat karvoni» loyihasi doirasida ishtirok etishdi.
📝 Ijodiy kechada o‘quvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblarni olishdi. She’r-u shuur, teatr, sahna madaniyati, nuktadonlik mavzularidagi suhbat asosida o‘tgan uchrashuv barchaga birdek manzur hamda yodda qolarli tarzda o‘tdi.