Ijodiy ishlar tanlovi
Abdulla Qodiriy tavalludi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi Abdulla Qodiriy tavalludi munosabati bilan ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.
⚡️HURMATLI O‘QUVCHILAR VA IJODKOR YOSHLAR!
📝Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
1️⃣»QODIRIY ASARLARI QAHRAMONLARIGA MAKTUB»
➖Bu yo‘nalishda ishtirokchilar Abdulla Qodiriy asarlaridagi har qanday qahramonga xayoliy maktub yo‘llashlari mumkin;
➖Maktubda o‘sha davr voqealari, qahramonning taqdiri, bugungi zamon bilan qiyosiy tahlil va shaxsiy mulohazalarga o‘rin berilishi maqsadga muvofiq.
2️⃣»QODIRIY ASARLARIDA MILLIYLIK IFODASI»
➖Bu yo‘nalishda ishtirokchilar maqola yoki badiiy-publitsistik esse shaklida Qodiriy asarlaridagi milliy ruh, urf-odatlar, xalqona tafakkur, tarixiy obrazlar va ularning bugungi kundagi ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etishlari mumkin.
3️⃣TEATR IBRATXONA: “QODIRIY QAHRAMONLARI JONLANGANDA»
➖Bu yo‘nalish sahna ko‘rinishlari uchun mo‘ljallangan.
➖Ishtirokchilar Qodiriy asarlaridan sahna asari tayyorlab, adib yaratgan obrazlarni jonlantirish orqali ularning botiniy dunyosi, zamonaviy hayot bilan aloqasi va yoshlar uchun beradigan saboqlarini ko‘rsatib berishlari kerak.
➖(video davomiyligi 3-4 daqiqadan, hajmi 250 mbdan oshmasligi kerak).
📆 Tanlov uchun ishlar 6-aprelga qadar qabul qilinadi.
📦 G‘oliblar munosib tarzda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
📝 Adib merosiga munosib hurmat ila, ijodiy ishlarda faol ishtirok eting!
➖Qo‘shimcha ma’lumot va ishlarni topshirish uchun murojaat:
➖Telefon: +998977443731
➖Telegram: @Laziza_Naz