17:07 19.05.2023
99

#Ijod_maktabida_maqom_ansambli

Bugun – may oyining 19-kunida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga Jizzax viloyati madaniyat va turizm boshqarmasiga qarashli namunali maqom ansambli tashrif buyurdi.

Ansamblning xushovoz xonandalari va mahoratli cholg‘uchilari maqom, estrada hamda o‘zbek milliy kuy-qo‘shiqlarini o‘quvchilarimizga havola etishdi.

O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida o‘tkazilgan konsert dasturi ijodkor o‘quvchilar uchun ajoyib sovg‘a bo‘ldi.