09:23 20.10.2023
105

ijod_maktabi

oʻquvchi_almashish_dasturi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o‘rtasida “O’quvchi almashish dasturi” yo’lga qo’yildi.

✅ Bundan ko’zlangan maqsad, sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, o’quvchilarni sifatli ta’lim olishlariga keng imkoniyatlar yaratish, hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy an’analar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish, o‘zaro fikr almashish, ijod maktablarining ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirib, ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishdir.

⏰ Shu munosabat bilan, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 10 nafar o’quvchilari Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga bir-birlari bilan yaqindan tanishish va bilim, tajriba almashish maqsadida kelishdi. Shuningdek, ular dars jarayonlarida faol ishtirok etmoqda. Umumiy 60 nafar o’quvchilar saralab olingan.