IJOD MAKTABLARI 2023-2024-O’QUV YILI UCHUN QABUL E’LON QILADI!

IJOD MAKTABLARI 2023-2024-O’QUV YILI UCHUN QABUL E’LON QILADI!
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga 2023-2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
Ijod maktabiga qanday hujjatlar talab etiladi?
Talabgorning:
Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.
Yaratilgan sharoitlar:
* Bepul yotoqxona;
* 5 mahal bepul issiq ovqat;
* Shinam va yorug‘ o‘quv xonalari;
* Zamonaviy kompyuter sinflari;
* Yuqori malakali pedagog va tarbiyachilar;
* O‘quvchilarning erkin ijod qilishlari uchun ijod bog‘i va kasbga yo‘naltirilgan to‘garaklar;
* Sportning futbol, basketbol va volleybol turlari bilan shug‘illanish uchun sport zal;
* Shifokor va hamshira xizmati;
* Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati;