Ijod maktabiga ijodiy tashrif…
ZULFIYA – IZDOSHLARI XOTIRASIDA

15-dekabr kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Zulfiyaxonim shogirdlari bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Ushbu adabiy-maʼrifiy kechaga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, «Shuhrat» medali sovrindori, shoira Qutlibeka Rahimboyeva, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, «Shuhrat» medali sovrindori, «Saodat» jurnali bosh muharriri, shoira Munavvara Usmonova, «Saodat» jurnali bosh muharrir oʻrinbosari Mahmuda Sagdullayeva, Hamid Olimjon va Zulfiya muzeyi boʻlim boshligʻi, shoira Yulduz Begaliyeva, shuningdek, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati boʻlimi raisi Mehribon Abdurrahmonovalar tashrif buyurdilar. Tashrif Hamid Olimjon va Zulfiya haykallarining poyiga gulchambar qo`yish bilan boshlandi. Ijod maktabiga tashrif buyurgan ijodkorlar maktab tashriflar kitobiga esdalik uchun o`z tilak va istaklarini yozib qo`yishdi.
Oʻquvchilar tomonidan Zulfiyaxonim shogirdlari ijodlaridan namunalar oʻqildi. Hamid Olimjon va Zulfiya haqida sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Soʻngra ijodkorlarga oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va Zulfiya hayotiga tegishli qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Tadbir soʻngida esa oʻquvchilar oʻz ijodlaridan namunalar oʻqib berishdi. Tadbir soʻngida esa oʻquvchilar oʻz ijodlaridan namunalar oʻqib berishdi. Faol qatnashgan oʻquvchilar ragʻbatlantirildi.
