07:40 22.02.2025
274

Ijod maktabida Zulfiyaxonim izdoshlari, avlodlari

20-fevral kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligi munosabati bilan “O‘zbegim Zulfiyasi” nomli ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”, “Shuhrat” medali sohibi, Zulfiyaxonim shogirdi Qutlibeka Rahimboyeva, Zulfiyaxonim nabira jiyanlari Gulchehra Shoumarova, ularning nabiralari jajji ijodkor Munavvara Shoumarovalar tashrif buyurdi.