11:02 09.06.2023
166

ijod maktabi qabul 2023

Ijod maktablariga qaysi sinfga necha nafar o‘quvchilar qabul qilinadi?

✅Ijod maktabiga 2023-2024-o’quv yili uchun 3 ta 7-sinfga umumiy 60 nafar (har bir sinfda 20 nafardan) o‘quvchilar qabul qilinadi.

❓ O‘quvchi Respublikadagi xohlagan Ijod maktabiga hujjat topshira oladimi?

✅ Ha albatta, hujjatlarni Respublikadagi Ijod maktablarining istalgan birini tanlab topshira oladi.

❓ Ijod maktablariga imtihonlar qaysi fanlardan bo‘lib o‘tadi?

✅Ijod maktablariga kirish imtihonlari quyidagi bosqichlarda:
1-bosqichi: ijodiy matn yaratish;
2-bosqichi: ijodiy suhbat (og’zaki)
3-bosqichi: ona tili va adabiyoti fanidan 20 ta test, ingliz tili fanidan 15 ta test hamda intellektual qobiliyat (mantiqiy fikrlash) darajasi bo’yicha 15 ta test sinovlari orqali bo’lib o’tadi.

📞 Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun Call-markaz raqami: 1206