Ijod maktabi o’quvchilari Hamid Olimjon va Zulfiya muzeyida







Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining yangi 7-sinf o‘quvchilari ijodkorlarimiz nomi bilan atalgan Hamid Olimjon va Zulfiya muzeyiga tashrif buyurdilar.
O‘quvchilar muzeyda shoir va shoira hayoti hamda ijodiga oid qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Ularning asarlari, suratlari, shaxsiy buyumlari va ramziy eksponatlarini tomosha qilib, o‘z davrlaridagi qiyinchilik va yutuqlar haqida chuqurroq tasavvur hosil qildilar.
✨ Bunday tashriflar yosh ijodkorlarda Vatanga, adabiyot va san’atga bo‘lgan muhabbatni yanada kuchaytiradi.