07:13 18.04.2024
187

Ijod maktabining 75 nafar o’quvchilari milliy til bilish sertifikatlarni qo’lga kiritishdi

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 188 nafar o‘quvchilaridan 75 nafari ya’ni 40%i Bilim va malakani baholash agentligining ona tili va adabiyot fanidan «Umumta’lim fanini bilish to‘g‘risida sertifikat»ni qo‘lga kiritdi.

Jumladan:
▶️ bitiruvchi 11-sinf o‘quvchilarining 19 nafaridan 15 nafari ya’ni 79%i;
▶️ 10-sinf o‘quvchilarining 37 nafaridan 34 nafari ya’ni 92%i;
▶️ 9-sinf o‘quvchilarining 36 nafaridan 24 nafari ya’ni 66%i ona tili va adabiyot fanidan yuqori ballni qo‘lga kiritdi.

🔴Sinov tariqasida tanlangan 7- va 8-sinf o‘quvchilari ham ona tili va adabiyot fanidan «Umumta’lim fanini bilish to‘g‘risida sertifikat»ga ega bo‘lishdi.