15:41 03.01.2024
171

Ijod gulshani

Oppoq tuyg‘u

Oq tushadi xazonlarning yaproqlariga
Turar sokin, ma’yus, o‘yga cho‘mgan kabi.
Qor yog‘adi daraxtlarning quchoqlariga
Qirov tushgan ko‘zlarini yumgan kabi.

Yog’och uyning mo‘risidan chiqar tutun
Ular kutar, xayoliga kelmas uyqu.
Intizorman men ham o’sha qorong‘u tun
Yuragimni qoplab olgan oppoq tuyg‘u.

Ko‘z qamashar turli ranglar jilosidan
Azob bergan, axir, menga bir yil sog‘inch.
Hushyor tortib bedor soat ovozidan
Berar menga yangi yilga yangitdan kuch.

O‘sha kunda yo‘qoladi uyqularim,
O‘sha kunda ushaladi orzularim.

Sayfullayeva Madina, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi 9-«A» sinf o‘quvchisi