15:41 03.01.2024
71

Ijod gulshani

Samo topshirig‘i

Osmon bu kun yomg‘irga aytar
Yer g‘uborin yuvishin go‘yo.
Yomg‘ir yog‘ar o‘ychan, shivalab:
«Oh, dardlanib ketibdi dunyo»…

Keyin horib, iste’fo qilar,
Ko‘k topshirar bu ishni qorga.
Qor yog‘adi shundan so‘ng, lekin
Yerga tushar, iymanib, zo‘rg‘a.

Samo bilan yer o‘rtasida
To‘xtab qolar ba’zan qorparcha.
Yerga emas, uyga kirmoqday
Darcha tomon urilar ancha.

Osmon so‘rar uning bu ishin
Tavsifini aytadi qor ham:
— Yer emasdir kirlangan aslo,
Kirlangandir aslida odam!

Mashhura Umaraliyeva, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi