08:29 30.01.2024
144

I.A.Karimov tavalludining 86 yilligiga bag’ishlandi

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 7-b sinfida navbatdagi «Ma’naviyat soati» Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti, mustaqil davlatimiz asoschisi I.A.Karimov tavalludining 86 yilligiga bag’ishlandi.

Birinchi prezidentimizning hayot yoʻli va davlatni boshqarishdagi odilona siyosatiga doir ko’rgazmali chiqishlar o’quvchilar tomonidan namoyish etildi.

Shuningdek, maktab kutubxonachisi A.Muxtorova tomonidan kutubxona fondidagi «Oʻzbekiston mustaqillikka erishish ostonasida», » Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch» va «Ona yurtimiz baxt- u iqboli va buyuk kelajagi yoʻlida xizmat qilish – eng oliy saodatdir» deb nomlangan asarlar yuzasidan maʼlumotlar berilib keng muhokama qilindi.