info@ijodmaktab.uz +998 72 226 10 12

Horijlik o’qituvchilar ijod maktabida

07:55 07.10.2021

3-oktabr kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Jizzax shahridagi Prezident maktabining 7 nafar xorijiy malakali STEAM fan o`qituvchilari ingliz tili, informatika, fizika, kimyo, matematika va biologiya fanlaridan o‘quvchilarga o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha dars berishdi. Darslar interfaol metodlar asosida ingliz tilida o‘tildi. Ingliz tilida o‘tilganligi uchun ham o‘quvchilarda xorijiy tillarni o‘rganish ishtiyoqi yanada oshdi.

Ingliz tili fani o‘qituvchisi Antonio Ezra, informatika fani o‘qituvchisi Nouman Khan, fizika fani o‘qituvchisi Waseem Ahmad, kimyo fani o‘qituvchisi Rojer Reyes, biologiya fani o‘qituvchisi Aniruddha Chakraborty hamda matematika fani o‘qituvchilari Chengay Fredrick va Boljat Ljerkalarga kelajakdagi pedagogik faoliyatiga omadlar tilab qolamiz.