11:55 10.10.2022
90

( hazil sheʼr)

Koʼzlarimda achchiq hasrat, achchiq damlar,
Mehnatimga yarashasi shu edimi?!
Yuzlarimni siypalaydi shaffof namlar,
Menga birov bu tashvishni qil dedimi?!

Qilmasam ham boʼlmas juda kerak, zarur,
Kunidamas kunda koʼzim yoshlasa ham.
Koʼz yoshimga tovon soʼrab bir kun magʼrur,
Pichoq olib shartta sanchsam… bu unga kam.

Meni yigʼlatmadi doʼst-u yorlari,
Yigʼlatmadi turmushning arazi, nozi.
Meni har kun yigʼlatdi faqat va faqat,
Oddiygina roʼzgʻorning oddiy piyozi.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi 9-«A» sinf oʻquvchisi Diniqulova Mohira