13:49 03.04.2022
83

HAR QADAMDA HAYR BO‘LSIN !

#Yashil_makon

#Ijod_maktabi

🌲Yasharish va yangilanish ayyomi bo‘lgan  Navro’z xalqimizda azaldan mavjud an‘ana va  qadriyatlarni yana bir bora qadrlashga chorlaydi.

🌳Obodonchilik va yaratuvchanlik millatimizning qon- qoniga singib ketgan, bahor kelishi bilan yerga urug‘ qadab, ko‘chat o‘tqazadi. O‘zidan keyingi avlodlar uchun yaxshi bog‘, yaxshi nom qoldirishga harakat qiladi.

🌱Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida ham shu maqsadda «Yashil makon» loyihasi doirasida «Ko‘chat eking, bog‘ qiling»  chellenji o‘tkazildi.

🍃Maktabning barcha o’quvchi va ustozlari chellenjda faol ishtirok etib, maktab hududiga ko’plab mevali  ko‘chatlarni o‘tqazdilar.

🪴Xayrli ishlar bardavom bo‘lsin, azizlar!