15:39 19.10.2022
86

Hamid_Olimjon_va_Zulfiya_nomidagi_ijod_maktabi

Keksalarni_qadrlash_haftaligi

Joriy yilning 10-oktabr sanasida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi tarbiyachilari Marhabo Irgasheva va Dildora Alimovalar hamda 7-sinf o‘quvchilari bilan birgalikda «Obodlik ko‘ngildan boshlanadi» shiori ostida Jizzaxlik mahallasida istiqomat qiluvchi Mamatqulova Nortoji ona holidan xabar olindi va uy yumushlariga ko‘maklashildi. Bunday ishlarni amalga oshirishdan maqsad o‘quvchilarda insonlarga nisbatan o‘zaro hurmat, mehr-oqibat tuyg‘ularini shakllantirish hamda ularga ekologik tarbiya, obodonlashtirish, tozalik ishlarini o‘rgatib borishdan iboratdir.