12:48 15.04.2023
95

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga Navoiy viloyati Xatirchi tumanining ijodkor va iqtidorli o‘quvchilari tashrif buyurdi

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga Navoiy viloyati Xatirchi tumanining ijodkor va iqtidorli o‘quvchilari tashrif buyurdi. Tashrif jarayonida ijod maktabi rahbariyati maktabda o‘qish istagida bo‘lgan mehmon o‘quvchilarga:

📌- Ijod maktabi haqida ma’lumotlar;
📌- Ijod maktabidagi ixtisoslik fanlar;
📌- Ijod maktabida o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar;
📌- Ijod maktabining o‘quvchisiga qo‘yilgan talablar;
📌- Ijod maktabiga qabul va saralash bosqichlari haqida o‘quvchilarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berib o‘tishdi.

Tashrif yakunida Xatirchi tumanining ijodkor va iqtidorli o‘quvchilari ijod maktabining o‘quvchilari bilan ijodiy musobaqalarda bellashishdi.