15:05 12.09.2022
124

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan tayyorlangan “Jadidlar” nomli turkum to‘plam taqdimotiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan tayyorlangan “Jadidlar” nomli turkum to‘plam taqdimotiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda ona tili adabiyot, tarix fani o‘qituvchilari hamda pedagog-tarbiyachilar to‘plam xususida, jadidchi bobolarimizning istiqlolimiz yo’lidagi fidokorona, ibratli qahramonliklari, boy ijodiy merosi haqida o‘quvchilarga ma’lumotlar berishdi.